
"Roma"ni safarda qiyin uchrashuv kutmoqda. O‘yin qaysi telekanalda namoyish etiladi?
Bugun Italiya chempionati 36-turidan o‘rin olgan oxirgi bahs bo‘lib o‘tadi. "Roma" safarda "Fiorentina" bilan kuch sinashadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi. O‘yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Joze Mourino shogirdlari ayni payt turnir jadvalida 59 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Bo‘rilar"ning bugungi raqibi esa 59 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar