"Roma"ga "Real" hujumchisi kerak

  • 10 avgust, 2019, 15:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi "Real" Madrid hujumchisi Mariano Diasning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha “bo‘rilar” dominikanlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.

Gap shundaki, “Roma” rahbariyati Diasni “Inter”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Edin Jekoga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ma’lumot uchun, Dias o‘tgan mavsum “Real” safida 19ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgan edi. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!