
“Roma”ga Angliyadan futbolchi keladi
“Arsenal” yarim himoyachisi Lukas Torreyra kelasi mavsumni Italiya chempionatida boshlashi mumkin.
Manbalarning ta’kidlashicha, o‘tgan mavsumni ijara asosida “Fiorentina”da o‘tkazgan 26 yoshli urugvaylik futbolchiga “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda ham imkoniyat bermoqchi emas.
Buni inobatga olib, Torreyraning o‘zi ham Italiya chempionatida qolishni ma’qul ko‘rmoqda. “Roma” o‘yinchi uchun juda yaxshi variant. A Seriyaga chiqqan “Montsa” klubi ham tarkibini kuchaytirish uchun uning xizmatidan foydalanmoqchi.
Torreyra “Fiorentina” safida 35 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga beshta gol va ikkita assist rasmiylashtirdi. Uning transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar