
"Roma"dan tarixiy natija
Mourino boshchiligidagi "Roma" klubi ajoyib natija qayd etib kelmoqda. "Bo‘rilar" yangi mavsum avvalidan beri 6 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning barchasida g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, bu hodisa Rim klubi tarixida uchinchi marotaba sodir bo‘ldi. Hozirgacha "Roma" 3 martadan Konferentsiyalar ligasi va A Seriyada o‘yin o‘tkazdi.
Ma’lumot o‘rnida, rimliklar mazkur 6 uchrashuvda 19 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
So‘nggi o‘yinda ular TsSKA Sofiya jamoasidan 5-1 hisobida ustun keldi. Ushbu o‘yinda hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘z hisobiga 2 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar