
“Roma”dan quvilgan Mourino endi “Barsa”ni boshqarishi kutilyapti
“Roma” yaqinda Joze Mourinoni iste’foga chiqarib, jamoani Daniele de Rossiga topshirdi. Bu kutilmagan o‘zgarish sifatida baholandi.
El Nacional nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis endi “Barselona”ni boshqarishi mumkin. Kataloniyaliklar Ispaniya Superkubogi finalida “Real”dan alamli mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Xavi Ernandesning kursisi qimirlab qolgan.
Xavi Ernandes bosh murabbiylikdan ozod etilgan taqdirda jamoani o‘rinbosarlar tarkibini shug‘ullantirayotgan Rafal Markes vaqtincha boshqarib turishi ham belgilab qo‘yilgan.
Ayrim manbalar Mourinoning Kataloniyaga kelishi mumkinligini aytmoqda. Bosh murabbiylikka yana bir nomzod sifatida “Bolonya”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Tyago Mottaning nomi tilga olinyapti.
Fikrlar