
“Roma” yangi transferni hal qildi
“Lill” va Turkiya milliy terma jamoasi himoyachisi Mehmet Zeki Chelik “Roma”ga o‘tishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Foot Mercato.
Rimliklar o‘ng qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun frantsiyaliklarga 8,6 million evro badal to‘lashga rozilik bergan. Bu iste’dodli o‘yinchini "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan o‘z jamoasida o‘ynashini xohlayotgan edi.
Ayni paytda muzokaralar yakuniy bosqichga keldi va tez orada bu transfer rasman e’lon qilinadi.
Zeki Chalik o‘tgan mavsumda “Lill” safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga uchta gol urdi va jamoadoshlariga uch marta golli pas uzatdi.
Fikrlar