“Roma” yana bir transferni uddaladi

  • 31 avgust, 2022, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto transferlar oynasining so‘nggi kunida Joze Mourinoga yana bir o‘yinchi olib berdi.

Tecno

“Olimpiakos” yarim himoyachisi Madi Kamara ijara asosida “Roma”ga o‘tdi. Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti e’lon berdi.

Avvalroq, “Roma”ning yangi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan va Joze Mourino maydon markazida o‘ynaydigan o‘yinchiga ehtiyoj  borligini ta’kidlagan edi.

Madi Kamara o‘tgan mavsumda “Olimpiakos” safida 45 ta uchrashuvda qatnashib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘lgan. Uning greklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan.

Kamara Joze Mourino jamoasida 20-raqamda to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!