“Roma” yana bir superhujumchi transferini hal qildi

  • 15 avgust, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mutasaddilari tarkibni kuchaytirish maqsadida “Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxamni oladigan bo‘ldi.

Tecno

Rimliklar iste’dodli hujumchi uchun 40 million evro to‘lagan. Temmi Rimga kelib, transfer rasmiyatchiligini yakunlaganidan keyin bu rasman e’lon qilinadi.

Mutaxassislar yangi mavsumda “Roma” hujumida asosan ikki futbolchi – Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam birga o‘ynashini taxmin qilmoqda. Chunki, Rim klubini asosiy hujumchi Edin Jeko tark etdi. Borxa Mayoral esa butun mavsum davomida barqaror o‘yin ko‘rata olmayapti.

Temmi Abraxam “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa tarkibida 51 ta uchrashuvda 21 ta gol urgan. 23 yoshli hujumchi  ijara asosida “Bristol Siti”, “Suonsi Siti” va “Aston Villa” jamoalarida ham to‘p tepib, to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!