"Roma" uchun yomon, Shomurodov uchun esa yaxshi yanglilik

  • 21 iyul, 2022, 22:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi "Roma"ga ko‘chib o‘tishga rozilik bermadi. 

"Getfootballnewsfrance" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik hujumchi Parij klubi sotishni istayotgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan. Biroq futbolchining o‘zi qolish niyatida. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2 yildan so‘ng yakuniga etadi. 

Ikardi parijliklar safida yiliga 12 million evro maosh oladi. O‘tgan mavsumda u Liga 1 doirasida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 4 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Avvalroq, hujumchi APL klubidan kelgan taklifni ham rad etgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!