"Roma" Turkiya terma jamoasi a’zosini qo‘lga kiritmoqchi

  • 7 iyun, 2022, 10:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lill” klubi himoyachisi Zeki Chelik faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Insayder Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, 25 yoshli turkiyalik futbolchiga “Roma” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rim klubi “Lill”ga ushbu transfer uchun 6 mln evro to‘lashga tayyor, biroq frantsuzlar uni 9 milliondan kamiga sotmoqchi emas. Mutaxassislar ushbu transfer 7-7,5 million evro atrofida amalga oshishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Chelik yakunlangan mavsum “Lill” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!