
"Roma" MYuning sobiq futbolchisini ijaraga olmoqchi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Adnan Yanuzay faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashriga ko‘ra, rimliklar ispan klubi bilan futbolchini 15 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha a’loqaga chiqqan.
"Roma" "Milan"dan Suso, "Liverpul"dan Jerdan Shakiri ijarasi bo‘yicha rad javobini olganidan so‘ng Yanuzay nomzodiga yuzlandi.
Joriy mavsumda 24 yoshli belgiyalik Ispaniya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gollik uzatma bergan.
Fikrlar