
"Roma" menga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!"
"Latsio" vingeri Pedro Rodriges "Roma"dan ketishi haqida gapirdi.
"Roma"da qiyin vaziyatga tushib qolgandim. Meni asosiy tarkibdan chiqarib, o‘rinbosarlar jamoasiga jo‘natishdi. Klub rahbriyatidan biror kishi bilan suhbatlashishga imkon ham berishmadi. Ular menga chiqish eshiklarini ko‘rsatishdi.
"Latsio"ga o‘tishimni bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan suhbatimiz hal etdi. Bu men uchun ajoyib imkoniyat ekanini angladim. Albatta, shaharning bir jamoasidan boshqa azaliy raqib bo‘lgan klubiga o‘tish kamdan kam uchraydigan holat. Biroq men "Latsio" futbolchisi ekanimdan xursandman,-deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi "bo‘rilar" boshqaruvini Mourino qo‘liga olganidan so‘ng jamoadan ketishga qaror qilgandi.
Fikrlar