
"Roma" mavsumni nechanchi o‘rinda yakunladi?
Italiya A Seriyasida mavsumning so‘nggi turi bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Roma” 63 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash kerakki, Rim shahrining boshqa bir klubi – “Latsio” 38-turni o‘z maydonida “Verona”ga qarshi o‘tkazdi va 3:3 hisobida durang qayd etdi. Shu tariqa “Roma” mavsumni 6-o‘rinda yakunladi.
Shunday bo‘lsada, “Latsio” ham, “Roma” ham yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar