
"Roma" Jekoga "Chelsi"dan o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Roma" rahbariyati hujumchi Edin Jeko o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, rimliklar bu borada "Chelsi" hujumchisi Olive Jiruni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. O‘z navbatida,34 yoshli frantsuzning “aristokratlar” safidagi taqdiri jamoaning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning qaroriga ko‘ra ma’lum bo‘ladi.
Jiru joriy mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Bundan avvalroq, Edin Jeko bosh murabbiy Paulo Fonseka bilan kelisha olmay qolgani sabab, “Roma”dan ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar