
“Roma” hujumchisi uchun kurash boshlandi!
“Roma” yozgi transferlar vaqtida o‘z tarbiyalanuvchisi Nikolo Dzanoloni ushlab qola olmasligi aytilmoqda.
22 yoshli hujumkor futbolchining xaridorlari tobora ko‘payib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Dzanoloni “Bavariya”, “Tottenxem”, “Milan” kabi klublar o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Biroq, mutaxassislar universal o‘yinchi uchun kurashda “Yuventus”, “Liverpul” va “Atletiko”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda.
Aslida Rim klubi rahbariyati anchadan beri futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga harakat qilib kelmoqda. Nikolo Dzanoloning o‘zi bu borada shoshilmaslikni ma’qul topgan. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi.
Nikolo joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va beshta golli pas yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uni 33 million evroga baholagan bo‘lsa-da, “Roma” 40 million evrodan kamiga uni qo‘yib yubormasligi aytilmoqda.
Ana xolos! Mourino fikridan qaytgani yo‘q!
“Roma” bosh murabbiy Joze Mourino talabiga ko‘ra, yozgi transferlar vaqtida olinadigan yangi futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis sport direktori Tyagu Pintodan “Arsenal”dan Granit Jakani olib kelishni talab qilmoqda.
Mourino “Roma”ga kelganidan beri ikki marotaba shveytsariyalik futbolchini transfer qilishga harakat qildi. Biroq, bu urinishlar samara bergani va 29 yoshli yarim himoyachi hamon “kanonirlar” safida to‘p tepmoqda.
Shunga qaramay, rimliklar bosh murabbiyi fikridan qaytgani yo‘q va yozda Jaka transferi bo‘yicha uchinchi urinishni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Granit Jaka o‘tgan yili yozda “Arsenal” bilan kelishuvini 2024 yilning yarmigacha uzaytirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 20 million evroga baholamoqda. Rim klubi mutasaddilari mavsum yakunlanishi bilan bu o‘yinchi uchun londonliklarga 18 million evro taklif qilishni rejalashtirgan.
Mourino “Tottenxem”dan o‘yinchi olmoqchi
Joze Mourino Rimda ko‘rmoqchi bo‘layotgan futbolchilar ro‘yxatiga “Tottenxem” yarim himoyachisi Per-Emil Xeyberg ham qo‘shildi. Bu haqda Italiyaning Il Romanista nashri xabar tarqatdi.
26 yoshli futbolchi London klubiga jamoani Joze Mourino boshqargan davrda olib kelingan. 2020 yilning avgustida “Tottenxem” daniyalik futbolchi uchun “Sautgempton”ga qariyb 17 million evro to‘lagan.
Per-Emil Xeyberg Angliya premer-ligasiga o‘tgunga qadar Bundesligada “Augsburg”, “”O‘alke” va “Bavariya” klublari sharafini himoya qilgan.
Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchtadan gol va golli pas yozdirib qo‘ydi.
Bugungi kunda “Tottenxem” futbolisi 40 million evroga baholanyapti.
“Fir’avn” o‘zini yomon his qildi
“Roma” hujumkor futbolchisi Mtefan El-Shaaravi “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvni nega o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Vocegiallorossa.it saytining xabar berishicha, 29 yoshli hujumkor futbolchi chap oyog‘i mushaklarida og‘riq his qilgani bois, o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.
“Roma” klubi tibbiyot xodimlari endi Stefanni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va shundan so‘ng davolanish muddati aniqlanadi.
El-Shaaravi joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va bitta golli pas uzatdi.
Fikrlar