
“Roma” futbolchisi raqib jamoa so‘ramoqda
Joze Mourino davrida “Roma”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Amadu Diavaraga yana bir xaridor chiqdi.
“Torino” rahbariyati 24 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ayni paytda bu o‘yinchi Gvineya terma jamoasi safida Afrika Millatlari kubogida ishtirok etish uchun Italiyani tark etgan.
Amadu Diavara avvalroq “Valensiya” qiziqish bildirgan edi. Ispaniya jamoasi afrikalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
“Roma” mutasaddilari bu o‘yinchining ketishiga qarshi emas. Chunki klub xo‘jayini agar Joze Mourino yangi futbolchi oladigan bo‘lsa, tarkibdagi o‘yinchilardan birini sotib yuborish talabini qo‘ymoqda.
Transfermarkt portaliya tayanch yarim himoyachisi hisoblangan Amadu Diavarani 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar