
“Roma” futbolchisi rosa qiynalganini tan oldi
“Roma”ning braziliyalik himoyachisi Rojer Ibanes Portugaliyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan keyin o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Portugaliyadagi o‘rtoqlik uchrashuvlari biz uchun juda muhim ahamiyat kasb etdi. Uchala bahs juda qiyin kechdi. Hozir esa o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. Endi biz mavsumni qayta tiklanishini kutyapmiz. Ungacha, uyga borib, yaxshilab hordiq chiqarishimiz kerak.
O‘rtoqlik o‘yinlari nimalarni to‘g‘rilashimiz kerakligini ko‘rsatib berdi. Bundan buyog‘iga ehtiyot bo‘lishimiz va ligada g‘alabalarga qaytishimiz shart. Bizni muhim ishlar kutmoqda, - dedi Rojer Ibanes.
Ibanes Braziliya terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida qatnashishi kutilgan edi. Biroq, so‘nggi pallada terma jamoa bosh murabbiyi Tite uni ro‘yxatga kiritmadi.
Fikrlar