“Roma” fanatlari: Aslida Shomurodov Abraxamdan ancha kuchli!

  • 8 noyabr, 2021, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan “Venetsiya”  va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuv garchi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik futbol muxlislariga bu bellashuv ancha manzur bo‘ldi. Chunki shu kuni kuli beshlik chempionatlaridagi yagona vakilimiz Eldor Shomurodov o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila oldi.

Tecno

4_1

Eldor venetsiyaliklarga qarshi bahsda 14 ta uchrashuvdan beri davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi. Nihoyat, hamyurtimiz A Seriyada “Roma” uchun ham gol ura olishini ko‘rsatdi. Uning milliy chempionat doirasidagi oxirgi goli o‘tgan mavsumda “Jenoa”ning so‘nggi turda “Kalyari” bilan bahsida qayd etilgandi. O‘shanda Eldor mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, genuyaliklarning g‘alabasini ta’minlaganini yaxshi eslaymiz.

Shomurodov bu mavsumda chempionatdagi debyut golini urish bilan birga hujumdagi sherigi Temmi Abraxamga golli pas oshirdi. Yana bir vaziyatda Stefan El-Shaaravini qulay pozitsiyaga olib chiqdi, biroq iste’dodli futbolchining zarbasi etarlicha kuchli chiqmadi va darvozabon uni qaytardi.

Eldor namoyish qilgan o‘yin rimlik futbol ishqibozlariga ham manzur bo‘ldi. Ular ijtimoiy tarmoqda o‘yinga munosabat bildirishda davom etmoqda.

Sports.uz portali italiyalik muxlislarning Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarining navbatdagi qismini e’tiboringizga havola qiladi.

Valentina Rossignoli:

Shomurodov o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish qildi. Tezkorlik, jamoa uchun o‘ynash, zo‘r zarba. Agar salgina omadi chopganda, ikkita gol urib, uchta golli pas muallifiga aylangan bo‘lardi va biz bellashuvda zafar quchardik.

141d0bb3047de8e68bdf4398d2bb9bd86187d46aa0634927752685

Andrea Barba:

Jamoa rasvo o‘ynadi. Shomurodov esa jamoa afsonasi Franchesko Tottining eng zo‘r davrlarini esga soldi. Qolgan o‘yinchilarning sport formasi qay darajadaligi xavotir uyg‘otmoqda.

Tiziano Di Figlia:

Oxirgi ettita o‘yinda bitta g‘alaba. Dahshat. Mourino asosiy tarkibni o‘zgartirishi kerak. Abraxamga nega hali ham ishonch bildiryapti. U hech nimaga erisha olmayapti. Uni “Chelsi”dan kelgani uchungina boshlang‘ich tarkibga qo‘yishmoqda. Shomurodovga ishonib, unga imkon bergan yaxshi. Mana uni ilk daqiqalardan o‘ynatishdi, bittadan gol urib, samarali to‘p uzatdi. Agar Eldorni yagona markaziy hujumchi sifatida maydonga tushirib, hamma unga o‘ynasa, nima bo‘ladi? Albatta, u fqolganlardan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi.

Roberto Liberati:

El-Uzbeko qaytdi! U tobora kam o‘ynayotgan edi. Men uni qishda ijaraga berib yuborishadi, deb o‘ylab qolgandim. Mana endi ajoyib o‘yini bilan qaytdi.

Daniele Falco:

Menimcha, Mourino ko‘proq Shomurodov va Abraxam tandemidan foydalanishi kerak.Har ikki gollimiz bu hujumchilarning hamkorlikdagi ishi samarasi bo‘ldi.

Fabio Poiesi:

Men Shomurodov va Abraxamni o‘yinini ko‘rganimda nega o‘zbek hujumchisi 18 million, ingliz futbolchisi 40 million evro turishiga hayron bo‘laman!

Luciano Schiano (Fabio Poiesi fikriga javoban):

Abraxam ovoza bo‘lgani evaziga ustun xolos. U “Chelsi” o‘yinchisi va shuning uchungina uni yulduz sifatida qabul qilishadi. Aniq faktlarga ko‘ra, Shomurodovdan hech qaysi jihatidan ustun emas.

1_13

Fabio Pasquini (Luciano Schiano fikriga javoban):

O‘yinning ko‘plab jihatlari bo‘yicha Abraxam Shomurodovdan ancha ortda. Pas bilan o‘ynash, himoyadagi mehnat, tezkorlikni misol qilish mumkin. O‘zbek futbolchisi o‘yinning ko‘p elementlari bo‘yicha Abraxamdan ancha kuchli!

Qahramonlik ko‘rsatgan Shomurodovning o‘yini qanday baholanmoqda?

Shomurodov gol urgan o‘yindan keyin Mourino nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Kamolov
08/11/2021 08:54
shunday yaxshi fikrlar har o’yindan keyin eshitish nasib qilsin
&
Shahzod_andmi
08/11/2021 09:57
Yoqimli bunday fikrlar eshitish
Ilhomjon Feyz
09/11/2021 07:19
Абрахам елдордан анча кучли. Пахтани бас қилинглар sport. Uz
Ilhomjon Feyz
09/11/2021 07:16
Хахахахахаа сарловхани қаранглар. Sport uz eldorga qalin qalin pahtalarni боплайсларде
&
Бухорий Шариф
08/11/2021 23:42
Жуда ёқимли ўқиш ҳам, эшитиш ҳам.Маурино эшитиши керак бўлган анча гаплар ёзилибди. Элдор доимо омад сенга ҳамроҳ бўлсин. Олға босс
&
Javohir Toshpo'latov
08/11/2021 18:08
Janob Mour...
&
Diyorbek 《NASAF》
08/11/2021 12:33
Buni hamma biladi faqat Maurinyodan tashqari.....