
“Roma”: Bu gaplarning bari yolg‘on!
“Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan 30 iyun kuni yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmayotgani sababli unga xaridorlar ko‘payib bormoqda. Italiya matbuoti armanistonlik pleymeykerga “Inter” qiziqayotgani va tomonlar muzokara o‘tkazayotgani haqida yozmoqda.
Bu xabarlarga Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto munosabat bildirdi.
- Men Mxitaryan bilan gaplashib, Konferentsiyalar ligasi finaliga tayyorgarligi haqida so‘radim. Hozir e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo‘lgan yagona masala aynan mana shu.
Men Genrixning professionalligini yaxshi bilaman va 100 foiz aminmanki, uning “Inter” bilan muzokara olib borayotgani haqidagi xabarlarning bari yolg‘on.
Mxityaran klub sovrin yutishi uchun qo‘lidan kelganini qilmoqchi. Hozir transferlar haqida gaplashadigan payt emas, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashni o‘ylash kerak, - dedi Tyagu Pinto.
Fikrlar