“Roma” birinchi kimni olib kelishni hal qildi

  • 7 iyun, 2023, 15:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan. Joze Mourino anchadan beri “Lion” etakchisi Ussem Auarni olib kelishni rejalashtiri yuribdi.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning aytishicha, rimliklar bu futbolchi bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolaydi.

25 yoshni qarshi olayotgan frantsiyalik yarim himoyachi “Lion” tarbilanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini faqat mana shu jamoada o‘tkazmoqda.

Hozirga qadar Auar bu jamoa uchun 233 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 41 marotaba ishg‘ol qilgan va 36 marta jamoadoshlariga golli pas uzatgan.

Uning “Lion” bilan shartnomasi yakunlanayotgani bois, “Roma”ga bepul o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!