
Rojer Federer Gollandiyada kortga chiqadi
Gollandiyaning Rotterdam shahrida erkaklar o‘rtasida “ABN AMRO World Tennis Tournament – 2018” turniri boshlandi.
Xard qoplamali kortda o‘tkazilayotgan musobaqaning sovrin jamg‘armasi 1.996.245 Evro bo‘lga turnirda Germaniyalik Aleksandr Zverev ispaniyalik David Ferrerni 6:4, 6:3 hisoibda enggan bo‘lsa, Tomash Berdix (Chexiya) va Misha Zverev (Germaniya) o‘rtasidagi uchrashuvda 7:5, 6:3 hisobida qayd etildi. Yana bir Ispan tennischisi Felisiano Lopes esa slovakiyalik Martin Klijanni 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, bugun va ertaga birinchi davra bahslarida Lyuka Puy (Frantsiya) – Andrey Rublev (Rossiya), Filipp Kolshrayber (Germaniya) – Karen Xachanov (Rossiya), Daniil Medvedev (Rossiya) – Jil Myuller (Lyuksemburg), Rojer Federer (Shveytsariya) – Ruben Bemelmans (Belgiya), Yuchi Sugita (Yaponiya) – Grigor Dimitrov (Bolgariya), Benua Per (Frantsiya) – David Goffen (Belgiya), Tellon Grikspor (Gollandiya) – Sten Vavrinka (Shveytsariya), Damir Jumxur (Bosniya va Gertsegovina) – Marius Kopil (Ruminiya), Feliks Oje Alyassim (Kanada) – Filip Krainovich (Serbiya), Rishar Gaske (Frantsiya) – Per-Ug Erber (Frantsiya), Yan-Lennard Shtruff (Germaniya) – Viktor Troitski (Serbiya) va Robin Xaase (Gollandiya) – Temo de Bakker (Gollandiya) kortga chiqadi.
Fikrlar