
Rodrining ajoyib seriyasi tugadi
“Manchester Siti” futbolchilari Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Brayton” maydonida 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Bu bahsda “Oltin to‘p” sohibi Rodrining ajoyib seriyasi barham topdi.
Gap shundaki, “shaharliklar” ispaniyalik yarim himoyachi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lmay kelayotgan edi. Bu seriya 49 ta uchrashuvdan beri davom etayotgandi. “Brayton” ajoyib an’anaga chek qo‘ydi.
Rodri o‘tgan mavsumning katta qismini og‘ir jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan edi. Yaqinda oyoqq turgan futbolchisini Xosep Gvardiola sekin-asta boshlang‘ich tarkibga olib kirdi.
Fikrlar