
Rodrigo Jahon chempionatiga bormasligi mumkin
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sentyabr oyida jamoaga chaqirilmagan "Real Madrid" hujumchisi Rodrigo haqida fikr bildirdi.
- Rodrigoning jamoa o‘yiniga hissa qo‘sha olishi haqida aytilayotgan gaplarning barchasi to‘g‘ri. Ammo hozirda biz 70 nafar futbolchini baholamoqdamiz. Ularni jismoniy tayyorgarlik, texnik va taktik jihatdan kuzatib, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun raqobatbardosh jamoa tuzmoqchimiz. Hech qanday imtiyozli o‘yinchi yo‘q. Maydon - hech qachon yanglishmaydigan hakamdir, - deya ta’kidladi Anchelotti.
Braziliya terma jamoasi safida 24 yoshli Rodrigo 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan. Ta’kidlash joizki, Xabi Alonso "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimini egallagach, Rodrigo asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Aynan shu sababli futbolchi terma jamoaga chaqirilmadi.
Fikrlar