Roberto Manchini "JCh-2026"da ham Italiya terma jamoasiga ustozlik qiladi

  • 17 may, 2021, 23:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini mamlakat futbol federatsiyasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.

56 yoshli mutaxassis va federatsiya o‘rtasidagi yangi kelishuv AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan “JCh-2026” oxirigacha amal qiladi. Manchinining maoshi yillik maoshi esa uch million evroni tashkil qiladi.

Roberto Manchini 2018 yildan buyon Italiya terma jamoasiga ustozlik qilmoqda. Uning boshchiligida Italiya terma jamoasi yozda bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Italiya terma jamoasi “Evro-2020”ning “A” guruhida Shveytsariya, Turkiya va Uels terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!