Riyod-2025: Ortda qolgan kun hamyurtlarimiz 13 ta medal jamg‘arishdi
O‘zbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi o‘yinlarida yana bir kunni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Unda atletlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Alisher G‘aniev (yunon-rum kurashi, -60 kg)
Ibrohim Mahkamov (engil atletika, uch hatlab sakrash)
Amir Nagaev (engil atletika, balandlikka sakrash)
Nodir Norboev (engil atletika, o‘nkurash)
Kumush:
Yorqinbek Odilov (para engil atletika, disk uloqtirish)
Ilyas Molina (qilichbozlik, rapira)
Sevara Rahimova (qilichbozlik, shpaga)
Zahiriddin Shokirov (engil atletika, o‘nkurash)
Bronza:
Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi, -67 kg)
Abdullo Aliev (yunon-rum kurashi, -77 kg)
Radmin Semeneev (qilichbozlik, rapira)
Shahzoda Egamberdieva (qilichbozlik, shpaga)
Zarinaxon Nosirjonova (engil atletika, bosqon uloqtirish)



Fikrlar