Rivaldo: "Real"ning taklifini qabul qilgan bo‘lardim

  • 23 dekabr, 2020, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq hujumchisi Rivaldo "Real"dan taklif bo‘lganida, uni qabul qilgan bo‘lardi.

Tecno

“Bizning Ronaldo bilan duetimiz raqiblar uchun dahshatli bo‘lishi mumkin edi. Buni Braziliya terma jamoasida birga o‘ynagan o‘yinlarimiz ko‘rsatdi. Agar bunga bitta klubdagi mashg‘ulotlar qo‘shilsa, o‘zaro tushunish aqldan ozadigan darajaga etishi mumkin edi.

Agar "Real" menga qo‘ng‘iroq qilganida, men "Barselona"da o‘ynaganim uchungina ushbu taklifni rad etmagan bo‘lardim. Chunki mening “Barselona” bilan munosabatlarim juda yaxshi edi.

"Qirollik klubi" bilan shartnoma imzolash meni Luish Figu singari muxlislar oldida xoinga aylantirishini tushunaman. Ammo bunday bo‘lmadi”, - dedi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!