Riberi Bundesligada tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 18 may, 2019, 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" vingeri Frank Riberi o‘z ismini Bundesliga tarixiga muhrlab qo‘ydi.

Tecno

Mister Chip nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 36 yoshli frantsiyalik futbolchi faoliyati davomida 9-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, bungacha hech bir futbolchi bu qadar ko‘p marta chempion bo‘lmagan edi.

Mexmet Sholl, Oliver Kan, Bastian Shvaynshtayger, David Alaba, Tomas Myuller va Aren Robben (barchasi - "Bavariya") kabi futbolchilar 8 martadan Bundesliga g‘olibi bo‘lishshan.

Ma’lumot uchun, Riberi “Bavariya” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U bugun ushbu jamoadagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dilrux
19/05/2019 12:54
Riberi haqiqatdajuda ajoyib fudbolchi. Tashqi ko'rinishidan jangchilarga o'xshaydi va o'yinlar paytida borini berib o'ynaydi. Afsus Inesta Xavi Riberi va bir qancha fudbolchilar Messi va Ranaldu davriga to'g'ri kelib qoldi. Bu fudbolchilar xam oltin to'pga loyiq edi.