
Reshfordga narx belgilandi
“Manchester Yunayted” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordni qo‘yib yuborishga tayyorligini haqida ma’lum qilingandi.
Bunga sabab, mashhur hujumchi keyingi paytda o‘z darajasida o‘ynay olmayotganidir. Buning ustiga Reshford klubda eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan hisoblanadi.
Markusning holati jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni umuman qoniqtirmayapti.
The Sun nashrining yozishicha, manchesterliklar 26 yoshli futbolchini 80 million evro evaziga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.
Reshford o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 43 marotaba maydonga tushib, sakkizta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha amal qiladi.
Fikrlar