Reshford Yamalning iste’dodiga baho berdi

  • 19 avgust, 19:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" safiga yangi kelib qo‘shilgan Markus Reshford jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Lamin 18 yoshli yigit. U doim pozitiv kayfiyatda va boshqalar bilan ko‘p hazillashadi. Futbolchi sifatida esa oliy darajadagi iste’dod egasi. Eng hayratlanarlisi, Yamal o‘z tengdoshlariga qaranganda ancha yuqori darajada. Uning fikrlashi va o‘yini 18 yoshli bolaning harakatlaridan farq qiladi. Menimcha, hozirda u "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga loyiq bo‘lgan futbolchi. Agar bu yil yutmasa, kelajakda albatta yutadi. Ishonchim komilki, Lamin  bu sovrini qo‘lga kiritishga qodir", - dedi angliyalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi La Liganing ikkinchi turida "Levante"ga qarshi mehmonda maydonga chiqadi. Uchrashuv 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!