
Reshford boshqa chempionatga ketib qolishi mumkin
PSJ rahbariyati “Real”ga o‘tib ketishga yaqin turgan Kilian Mbappening o‘rniga hujumchi qidirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar “Manchester Yunayted” forvardi Markus Reshfordni nishonga olgan.
PSJ angliyalik forvardni 2022 yilning yozida ham transfer qilmoqchi bo‘lgandi. O‘shanda Markus bu taklifni qabul qilmagan.
Reshford o‘tgan mavsumni yuqori saviyada yakunlaganidan keyin klub bilan shartnomasini yangiladi va haftasiga 300 ming funt maosh olyapti.
Biroq joriy mavsumda Reshford o‘zidan kutilgan darajada o‘yin namoyish qila olmayapti. Qolarvesa, tartib-intizom borasida ham muammoga duch kelyapti. Bu holat 26 yoshli futbolchini muhitni o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Fikrlar