
Remzining gollari mashhurlarni "narigi dunyoga" ravona qilyaptimi?
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aarona Remzini The Prodigy musiqiy guruhi solisti Kit Flintning o‘limida sababchi deb topishdi.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra odatda 28 yoshli uelslik futbolchining kiritgan har bir golidan so‘ng qaysidir mashhur inson vafot etmoqda. Qayd etish lozimki, Remzi 2 mart kuni “Tottenxem”ga (1:1) qarshi bahsda gol urdi, oradan 2 kun o‘tib esa Flint vafot etdi.
E’tiborlisi, Remzining golidan so‘ng bir necha kun o‘tib mashhur insonlarning olamdan o‘tishi 17-marta takrorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Remzi uchun “Arsenal”dagi so‘nggisi bo‘ladi. U yozda “Yuventus” futbolchisiga aylanadi.
Fikrlar