
Rekordchi sportchimiz Osiyoning eng yaxshi hakami.deb topildi
20- 22 sentyabr kuni K-1 bo‘yicha ochiq Osiyo chempionati o‘tkazildi. Mazkur turnir mobaynida o‘zbek muaytay tarixida o‘ziga hos rekord qo‘ygan ya’ni uch marotaba osyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan, eng sovrindor sportchimiz Mavlon Qahhorov “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb e’tirof etildi. Unga bu boradagi maxsus sertifikatni Osiyo (AFSO in ASIA) K-1 federatsiyasi prezidenti Bexnam A’zampanox topshirdi. Ushbu hamyurtimiz sportdagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, hakamlik borasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shu o‘rinda Mavlon Qahharov borasida birozgina ma’lumot hamda sportchilikda erishgan muvaffaqiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Mavlonbek Kahhorov 1987 yil 4 fevralda Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug shahrida tavallud topgan.
Muaytay bo‘yicha:
2005-2007 va 2009 yillarda Osiyo o‘yinlari g‘olibi
2004-2006 hamda 2008 yillar Jahon chempioni
K -1 bo‘yicha:
2010 yil profesionallar ortasida Osiyo kamari sohibi
Xalkaro toifadagi sport ustasi.
Fikrlar