
Rejis Progreysga raqib sifatida Shahram G‘iyosov taklif qilindi... Javob qanday bo‘ldi?
Sports.uz sayti muxbiri Mauris Xukerning Rejis Progreys bilan jangi bekor qilingach Progreysga raqib sifatida Shahram G‘iyosovni taklif qilib, post qoldirgan edi. Bunga G‘iyosovning yordamchi menejeri va tarjimon Aliko Frolov quyidagicha javob berdi:
"G‘iyosovda o‘z vaznida har qanday raqibni yomon ahvolga solish uchun uslub va mahorat etarli darajada. U har safar ringda agressiv jang ko‘rsatadi. Progreys top darajadagi bokschi ekanligiga shubha yo‘q. Ammo hozir Shahram u uchun anchagina qiyin raqib bo‘ladi. Biroq biz shoshilayotganimiz yo‘q. Hali vaqt keladi va G‘iyosov bu darajadan bir bosh ustun bo‘ladi. U ishonib bo‘lmas darajada super engil vazn toifasidagi "katta" bokschi bo‘la oluvchi talantli "bolakay", - deb izoh qoldirgan Aliko Frolov.
Fikrlar