
Rebekka Peterson yarim finalda o‘ynaydi
Shvetsiyalik tennischi Rebekka Peterson Tyantszin shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim final bosqichiga muvaffaqiyatli chiqib oldi.
Rebekka yakkalik bahslarining chorak finalida xitoylik Yafan Vanga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:7, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi "Tianjin Open"ning yarim finalida Peterson tunislik Ons Jaber bilan o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar