"Real"ning yosh yulduzi jamoani tark etishi mumkin

  • 26 iyul, 10:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Endrik jamoani tark etishi mumkin, deb xabar berdi Defensa Central nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchiga Evropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda, ammo Madrid jamoasi futbolchini sotishni rejalashtirmayapti - faqat futbolchi kerakli o‘yin amaliyotini to‘plab, optimal formada qaytishi uchun 12 oylik ijara varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Unga qiziqayotgan klublar orasida "Marsel", Ispaniya va Germaniyadan bir nechta jamoalar bor, ammo futbolchiga hammadan ko‘ra "Yuventus" ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi futbolchiga may oyidan beri qiziqish bildirmoqda. "Keksa seniora" Endrikni yangi loyihaning bir bo‘lagi sifatida ko‘rmoqda.

Endrik "Real" safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda, o‘tgan mavsumda u 37 ta o‘yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!