“Real”ning Vinisius jarohati bo‘yicha ma’lumoti: “Kutamiz”!

  • 6 oktabr, 2024, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turida “Vilyarreal” ustidan qozonilgan g‘alaba “Real”ga qimmatga tushdi.

Tecno

Keskin va murosasiz ketgan uchrashuvda maydon egalarining ikki etakchi o‘yinchisi jarohatlandi.

Jamoa sardori Daniel Karvaxal uchrashuv yakunlanishi arafasida jiddiy jarohat oldi. U bir necha maydonga tusha olmaydi.

Jamoa hujumchisi Vinisius Junior ham bahsda elkazini shikastlab olgandi.

“Real” braziliyalik o‘yinchining holati bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

- O‘tkazilgan tibbiy testlab natijasida Vinisius Juniorda umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida shikastlanish aniqlandi. Uning ahvoli o‘zgarishini kutamiz, - deyiladi “Qirollik klubi” bayonotida.

Vinisius Junior joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobida to‘rtta gol va ettita golli pas yozdirib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
06/10/2024 20:07
Нима булди тинчликми