“Real”ning transfer siri ochildi

  • 3 may, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mohir hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Chunki mutasaddilari 35 yoshli Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar topishi kerak.

Tecno

Ko‘pchilik “Qirollik klubi”dan Kilian Mbappe yoki Erling Xoland transferini kutmoqda. Biroq madridliklar boshqa o‘yinchiga ko‘z tikkan.

Fichajes nashrining aniqlashicha, Karlo Anchelotti jamoasiga “Bayer” hujumchisi Mussa Diabi kerak.

Mussa asosan o‘ng qanot hujumchisi sifatida to‘p tepadi. Bundan tashqari, iste’dodli futbolchi chap qanot va hujumchi ortida o‘ynay oladi.

23 yoshli futbolchining transferi 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!