“Real”ning o‘xshamagan ishlari ko‘p ekan!

  • 28 yanvar, 2021, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyada mutaxassislar “Real”ning oxirgi uch yildagi transfer kampaniyasini baholadi.

Tecno

AS mutaxassislari madridliklarning 2018 yildan buyon amalga oshirgan xaridlarini birma-bir o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” bu davrda 395 million evro xarajat qilgan. Chiqimlar 2018 va 2019 yillarga to‘g‘ri keladi. Chunki o‘tgan yili pandemiya inqirozi tufayli madridliklar oxirgi 40 yilda ilk bor transfer bozorida qatnashmadi.

Olib kelingan futbolchilar orasida Tibo Kurtua va Ferlan Mendi transferi o‘zini oqladi. Ular asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

Biroq, 2019 yilning yozida Madridga olib kelingan Azar, Yovich, Militao, Goes va Reyner o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Ulardan oldin kelgan Vinisius, Odriosola, Mariano Dias va Braimi Dias kabi o‘yinchilar ham ishonchli futbolchi darajasiga ko‘tarila olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!