"Real"ning kelasi mavsumda taktikasi o‘zgaradi. Bellingem hujumga yaqin zonada harakat qilishi kutilmoqda

  • 26 iyun, 2023, 10:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Real" sxemasini qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Tecno

"As" xabariga ko‘ra, madridliklar 4-3-3 dan 4-3-1-2 ga o‘tadi va yosh futbolchilarga imkon beradi.

Jud Bellingem hujumchilar ortida harakat qiladi. Ingliz futbolchisi o‘tgan mavsum "Borussiya" safida 14 ta gol urgan. Anchelotti undan "Real" safida ham ko‘proq gol urishini kutmoqda.  

Tibo Kurtua, Fran Garsiya, Eder Militao, David Alaba, Daniel Karvaxal, Orelen Chuameni, Eduardo Kamavinga va Federiko Valverde ham muntazam ravishda maydonga tushishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!