
"Real"ning ijaradagi iqtidori "qirollik klubi"ga qaytishni xohlamayapti
«Real» klubiga tegishli yarim himoyachi Martin Edegor «Real Sosedad»da ijara asosida to‘p tepmoqda. Bu haqda Noticias de Gipuzkoa nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, xavbek ijara shartnomasi tugamasidan avval "qirollik klubi"ga qaytishni istamayapti.
21 yoshli futbolchining "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsumning oxirigacha mo‘ljallangan. Shu bois Martin Edegor San-sebastyanliklar safida shu paytga qadar qolishni xohlamoqda.
Fikrlar