
"Real"ning hozirgi va sobiq murabbiylari e’tirof etildi
Ispaniyaning Marca nashri joriy mavsum La Liga yakunlari laureatlarini e’lon qildi.
Pichichi sovrini [chempionatning eng yaxshi to‘purari] – Lionel Messi («Barselona», 25 ta gol);
Sarra sovrini [ispaniyalik futbolchilar orasida chempionatning eng yaxshi to‘purari ] – Jerar Moreno («Vilyarreal», 18 ta gol);
Samora [chempionatning eng yaxshi to‘purari] – Tibo Kurtua («Real»);
Munos [chempionatning eng yaxshi murabbiyi] – Zinedin Zidan («Real»), Xulen Lopetegi («Sevilya»).
Eslatib o‘tamiz, bu mavsum “Real” chempionlikni nishonlagan bo‘lsa, “Sevilya” 4-o‘rinni egalladi va EChLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar