
"Real"ning 7 nafar asosiy tarkib futbolchisi ertangi o‘yinda ishtirok etmaydi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan ertaga La Liganing 29-turidan o‘rin olgan "Ueska"ga qarshi bahs uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Tibo Kurtua, Dani Karvaxal hamda Vinisius Junior jarohatlari sabab ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishsa, Rafael Varan, Luka Modrich, Toni Kroos va Marko Asensiolarga bosh murabbiy tomonidan qo‘shimcha dam berilgan.
Darvozabonlar: Keylor Navas, Lyuka Zidan, Diego Altube;
Himoyachilar: Serxio Ramos, Xesus Valexo, Nacho Fernandes, Marselo, Alvaro Odriosola, Serxio Regilon;
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Markos Lorente, Federiko Valverde, Dani Sebalos, Braim Dias, Isko;
Hujumchilar: Karim Benzema, Mariano Dias, Garet Beyl, Lukas Vaskes.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Ueska" o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar