
“Real”ni Mourinoga topshirishadi
Karlo Anchelotti mavsum yakunlanganidan keyin “Real”ni tark etadi. Italiyalik bosh murabbiy Braziliya terma jamoasi bilan ishlamoqchi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari uning o‘rniga munosib mutaxassis qidirmoqda. Asosiy nomzod Xabi Alonso sanaladi. Biroq ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida chempionlik uchun kurashayotgan “Bayer” jamoasi xo‘jayinlari mahorati murabbiyni qo‘yib yubormasligi haqiqatga yaqin.
Shu bois, madridliklar jamoani Joze Mourinoga topshirishga tayyor. Portugaliyalik mutaxassis yozda “Roma”ni tark etadi. U “Real” xo‘jayini Florentino Peres bilan do‘stona munosabatda ekanini inobatga olgan ekspertlar mashhur murabbiy Madridga keladi, degan taxminni ilgari surmoqda.
Shunga qaramay, Mourino Madridga bormasligi ham mumkin. Chunki 60 yoshli murabbiyga Saudiya Arabistonidan mo‘may daromadli takliflar kelishda davom etmoqda.
Fikrlar
Анчелотти Бразилияга бош мураббий булиши мантиксиз