
“Real”ga yana bir yulduz keladi
“Real” rahbariyati kelasi mavsum oxirida klubni tark etadigan Luka Modrich o‘rniga munosib o‘rinbosar topdi.
“Qirollik klubi” 36 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi pozitsiyasiga “Bavariya”da porlayotgan Leon Goretskani olib kelishni istamoqda.
Madridliklar 26 yoshli futbolchi uchun myunxenliklarga 50 million evro to‘lab beradi. Anchelotti maydon markazida germaniyalik futbolchilar – Toni Kroos va Leon Goretska tandemini o‘ynatmoqchi.
Ta’kidlash joizki, Goretska “Shalke”dan 2018 yilda “Bavariya”ga o‘tganidan keyin Evropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylandi. Bu futbolchi myunxenliklar tarkibida jami 112 ta uchrashuvda ishtirok etib, 25 ta gol urdi va 27 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar