
“Real”ga qaysi futbolchini olishni aytishdi
“Real” joriy mavsumda himoya chizig‘ida etarlicha muammolarga duch kelmoqda. Asosiy himoyachilarning jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqani natijalarga salbiy ta’sir o‘tkaza boshladi.
“Qirollik klubi” ayni paytda bir necha himoyachini kuzatuvga olgan va qishki transferlar vaqtida ulardan birini xarid qilishi mumkin.
Madridliklarning sobiq himoyachisi Rafael Alkorta hozirgi rahbariyatga o‘z tavsiyalarini berdi.
- Men bo‘lganimda yanvarda hech kim bilan shartnoma tuzmas edim. Emerik Laportni variantlardan biri sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Lekin Vilyam Saliba singari himoyachiga 80 million evro sarflagan ma’qul. Chunki u kamida 10 yil jamoa xizmatida bo‘ladi, - dedi Rafael Alkorta.
Vilyam Saliba bugungi kunda eng yaxshi yosh himoyachilardan biri hisoblanadi. Uning “Arsenal” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Biroq yozda bu himoyachi Evropa grandlari orasida talash bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar