
“Real”ga qarshi o‘yin Koutinoga qimmatga tushdi
Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino muayyan muddat jamoasiga yordam bera olmaydi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, “Real”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida uning chap soni mushaklari shikastlangani aniqlangan. Tiklanish qancha davom etishi haqida ma’lumot berilmadi.
Koutino yozgi transferlar mavsumida o‘ziga yangi jamoa topa olmagach, Kataloniyada qolishga majbur bo‘lgandi. Kuman unga ishonch bildirmoqda. Braziliyalik hujumkor futbolchi joriy mavsumda beshta o‘yinda bitta gol urdi va jamoadoshlariga ikkita golli pas oshirdi.
Fikrlar