"Real"ga JCh-2022 kashfiyoti kerak

  • 21 dekabr, 2022, 13:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi himoyachisi Yoshko Gvardiol "Real"ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati hozirdanoq 20 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

O‘z navbatida nemis klubi katta ehtimol bilan o‘zining yosh iste’dodi uchun 100 million evrodan ko‘proq mablag‘ so‘rashi mumkin. Bu, ayniqsa, Yoshkoning Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng yaqqol namoyon bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Yoshkoga "Chelsi" va "Manchester Siti" kabi Angliya premer-ligasi grandlaridan ham qiziqish mavjud. Mutaxassislar talqiniga ko‘ra, u dunyoning eng istiqbolli markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!