
"Real"ga gol urgan Yaxshiboev necha ballga loyiq ko‘rildi? (foto)
Kecha Evropa chempionlar ligasi 2-turi doirasida "Real" va "Sherif" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lgan bellashuvda legionerimiz moldovaliklarning dastlabki goliga mualliflik qildi. 56-daqiqada zaxiraga olingan vakilimiz o‘yinning eng yaxshilari qatorida bo‘ldi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" nashri mazkur uchrashuv uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Hamyurtimiz 7,2 ball bilan baholandi.
Fikrlar