"Real"dan ketgan Benzema yana bir jabhada "qirollik klubi" tarixiga kirdi

  • 5 iyun, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzema "Real" safida La Ligada o‘yin o‘tkazish bo‘yicha “qirollik klubi” tarixida Fernando Erroga tenglashib oldi.

Tecno

Frantsiyalik hujumchi madridliklar safidagi so‘nggi o‘yinini La Liganing 38-turi doirasida "Atletik"ga qarshi o‘tkazdi. Bu uning ligadagi 439-uchrashuvi bo‘ldi. E’tiborlisi, xuddi shunday ko‘rsatgich Erroda ham bir xil.

Ulardan yuqoriroqda Santilyana (461), Serxio Ramos (469), Iker Kasilyas (510), Manon Sanchis (523) va Raul (550) bor.

Ma’lumot uchun, Benzema “Real” safiga 2009 yil “Lion”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!