“Real”da katta yo‘qotish

  • 11 dekabr, 2024, 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisiga aylangan Kilian Mbappe yil oxiridagi barcha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

25 yoshli futbolchi Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich oltinchi turida “Atalanta”ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Karlo Anchelotti 36-daqiqadayoq Mbappeni zaxiraga olishga majbur bo‘ldi.

TyC Sports nashrining ma’lum qilishicha, xali Kilianning jarohatiga yakuniy baho berilgani yo‘q. Lekin mutaxassislar mushak bilan bog‘liq kichik muammolarning o‘zi ham futbolchining tiklanishi uchun muayyan muddat talab qiladi.

Eng yaxshi holatda Mbappe 14 dekabrga belgilingan “Rayeo Valekano” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, 18 dekabrga belgilangan Qit’alararo kubok finalini o‘tkazib yuboradi.

Agar jarohat biroz jiddiyligi aniqlansa, Kilian yilning so‘nggi bahsi – 22 dekabrda “Sevilya” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda ham madridliklarga yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!